Му5
44

O`zbekiston Belarusga meva va poliz mahsulotlari etkazadi

Jamiyat 20.06.2019, 19:41
584
O`zbekiston Belarusga meva va poliz mahsulotlari etkazadi

Joriy yilning 18 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Belarus Respublikasi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat vazirligi o`rtasida qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati bo`yicha ishchi guruhning birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Belarus va O`zbekiston qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Belarus tomoni qishloq xo`jaligida agrosanoat majmui sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirgan bo`lsa, O`zbekiston tomoni sut ishlab chiqaruvchi zavodlarni yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash, chorvachilikda sutni ko`paytirish uchun laboratoriyalarni tashkil qilish, o`simliklarni etishtirish, urug`chilik va em-xashak ishlab chiqarish sohasida Belarus resurslarini tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, 2018 yil 12-13 sentyabr kunlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O`zbekistonga rasmiy tashrifi chog`ida qishloq xo`jaligi sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi va qishloq xo`jaligi bo`yicha O`zbekiston-Belarus hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Ishchi guruhi majlisi doirasida imzolangan shartnomaga ko`ra, O`zbekistondan Belarusga meva va poliz mahsulotlari etkazib beriladi.
Shuningdek, "Fan+ishlab chiqarish" formatidagi fan, ta`lim, ishlab chiqarish yo`nalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, "Texmash" MChJ, “Blyuming” MChJ, «Beluniversalprodukt» UK o`rtasida memorandum imzolandi.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

Шарҳлар