Долзарб мавзулар Foto

DSENM bosh shifokori o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 24.06.2019, 09:37

Samarqand viloyat davlat sanitariya-epedimologiya nazorati markazi xodimlari ichimlik suvining iste`molga yaroqliligi haqida xulosa berish uchun tadbirkordan 500 ming so`m pul pora oldi.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.S.ning murojaatiga ko`ra, 2019 yil 22 iyun kuni tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida viloyat davlat sanitariya-epedimologiya nazorati markazi xo`jalik ishlari bo`limi mudiri A.O. hamda markaz bosh shifokori o`rinbosari G.A. ichimlik suvining iste`molga yaroqliligi haqida xulosa berish uchun tadbirkordan 500 ming so`m pulni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Samarqand viloyati DSENM bosh shifokori o`rinbosiri G.A. Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonida qamoqqa olingan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA