Ташкент +4° Sun 20:21
Долзарб мавзулар Foto

BMTda Qoshiqchining o`limi yuzasidan maxsus ma`ruza qilindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.06.2019, 16:24

Joriy yilning 19 iyun kuni BMTning suddan tashqari hukmlar bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Anes Kallamar tomonidan e`lon qilingan jurnalist Jamol Qoshiqchining o`limi haqidagi hisobot, Turkiya tegishli idoralari tomonidan diqqat bilan o`rganilgan tergov natijalarini tasdiqlaydi.

Shu nuqtai nazardan hisobot Qoshiqchining qasddan o`ldirilganligi hamda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar, xususan inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro qonun, konsullik aloqalari bo`yicha Vena konvensiyasi va BMT tamoyillari buzilganligini ko`rsatadi.

Turkiya hukumati BMTning maxsus ma`ruzachisi Anes Kallamarning Qoshiqchining o`ldirilishi borasidagi ma`lumotlar aniq bayon etilishi va barcha jinoyatchilar javobgarlikka tortilishi lozimligi bo`yicha bergan tavsiyalarini qat`iy qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilish bilan birga BMTga a`zo davlatlarni va xalqaro tuzilmalarni hisobotdagi tavsiyalarni bajarishda qat`iyat ko`rsatishlarini so`radi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA