41

Namanganliklar “Yoshlar va qonun” tanlovida peshqadam bo`ldi

Jamiyat 25.06.2019, 16:04
531
Namanganliklar “Yoshlar va qonun” tanlovida peshqadam bo`ldi

zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Kasb-hunar ta`limi markazi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamkorligidaRespublika miqyosida barcha umumiy o`rta ta`lim maktablarida tahsil oluvchi voyaga etmaganlar o`rtasida “Yoshlar va qonun” tanlovi tashkil etildi.Unda 8 ming 973 ta ta`lim muassasalaridan jami 1 million 987 ming 586 nafar maktab o`quvchilari qamrab olindi.

Aprel-may oylaridao`tkazilgan hududiy bosqichlarda g`oliblarga tanlovning respublika bosqichiga yo`llanmalar taqdim etilgandi. Kuni kecha poytaxtimizdagi “Yoshlar press klubi” da “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichiga start berildi. Tanlov shartlari bo`yicha Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tashkil etildi. Ishtirokchilar “Sud majlislari” modeli, “Huquqiy savol-javob”, “Videorolik taqdimoti” hamda “Huquqingni angla!” kabi 4 shart asosida bellashdi.

O`quvchilar tanlov davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurib, deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Yoshlar komissiyasi” a`zolari bilan uchrashuvlarda samimiy muloqot qilishdi.

Tanlov natijalariga ko`ra, Namangan viloyatining “Sharaf” jamoasi 90 ballni jamg`arib, mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritdi.Samarqand viloyatining “Tafakkur” jamoasi 86 ball bilan 2-o`rinni egalladi. Qoraqalpog`iston Respublikasining “Femida” jamoasi esa 85 ball bilan 3-o`ringa sazovor bo`ldi.

G`oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov ta`lim muassasalari o`quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, voyaga etmaganlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirib, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga murosasizlik xissini uyg`ota oldi.

Shahnoza Nurullaeva

Комментарии