Ташкент +4° Tue 02:13
Долзарб мавзулар Foto

G`alaba bog`ida xalqimiz qahramonligi va matonati aks etadi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 25.06.2019, 16:54

Prezident Shavkat Mirziyoev 25 iyun kuni Olmazor tumanida bo`lib, bu erda barpo etiladigan G`alaba bog`i yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Ma`lumki, O`zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushidagi g`alabaga katta hissa qo`shgan. Shu bois yurtimizda ushbu tarixiy sananing 75 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Olmazor tumanida G`alaba bog`ini barpo etish rejalashtirilgan.

– Bu bog` xalqimizning G`alabaga qo`shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak. Bu erda Ikkinchi jahon urushi muhiti, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqida ma`lumotlar aks etishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Loyihaga muvofiq, boqqa kirishda ramziy darvoza shaklida G`alaba arkasi bunyod etiladi. Bog`da urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozision majmualar quriladi. O`sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog`lar ko`rgazmasi ochiq osmon ostidagi muzey vazifasini o`taydi. Shuningdek, muzey, kutubxona, Wi-Fi zona, amfiteatr va kinoteatr tashkil etiladi.

O`zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to`rt kelini xotirasiga bag`ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi o`rnatiladi.

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligiga tarixchilar va jamoatchilik bilan maslahatlashib, G`alaba bog`ining konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha topshiriqlar berildi.

– Bog`ning ma`no-mazmuni, ekspozisiyasini chuqur o`ylash kerak. U faqat bayram kunlari emas, yil davomida ishlaydigan bo`lsin. Bu erga kelgan yoshlar o`ziga bilim, ruh olsin, g`urur-iftixor tuysin, bugungi tinchlikning qadriga etib, vatanparvar bo`lib ulg`aysin, – dedi Prezident.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA