Ташкент +4° Tue 03:13
Долзарб мавзулар Foto

Qozog`istonning 9 ta hududida hamon portlash xavfi mavjudligi aniqlandi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 25.06.2019, 17:25

Kechadan buyon Qozog`istoning Aris shahrida 45 ta yong`inlar o`chirilgan. Mudofaa vazirligi uchuvchisiz qurilmalar yordamida xarbiy omborxona uzra aerovizual kuzatuv ishlarini olib borgan. Buning natijasida hozirda yana 9 ta hududda portlash xavfi hamon mavjudligi ma`lum qilindi.

Mamlakat prezidenti Qosim Jomart Toqaev Aris shahriga tashrif buyurdi va evakuasiya markazida mahalliy aholi bilan uchrashdi. Prezident vaziyat shaxsan uning nazorati ostida ekanligini va shahar butunlay qaytadan tiklanishini ma`lum qildi. Qurol- yarog` ombori Aris shahridan 200 metr masofada joylashgan. Qoidalarga ko`ra, esa u aslida aholi punktidan 3 kilometr uzoqlikda bo`lishi lozim bo`lgan. Bu haqda mudofaa vaziri o`rinbosari- Qozog`iston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig`i Murod Bektanov ma`lum qildi.

Mazkur muammoni hal etish masalasida mudofaa vazirligi bir necha marotaba hujjatlarni taqdim etgan. Biroq buning uchun mahalliy aholini ko`chirish lozim bo`lgan. Mudofaa vazirligi bu erdagi qurol yarog`larni 2005 yildan boshlab ko`chirishni boshlashni bildirgan, biroq buning uchun moliyalashtirish manbalarining yo`qligi aytilgan. Hozirda shaharda sapyorlar guruhi portlamay qolgan snaryadlarni yig`ish va zararsizlantirish ishlarini olib borishmoqda. Shahar aholisi bog`cha va maktablarda tashkil etilgan evakuasiya markazlariga joylashtirilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, kecha ro`y bergan portlashlar natijasida ikki kishi halok bo`lgan, 165 nafari esa jarohatlangan. Kecha shoshilinch evakuasiya vaqtida yo`qolgan ming nafar bola ota-onasiga topshirilgan. Yana 14 nafar bolalarning yaqinlari qidirilmoqda. Butun Turkiston viloyati bo`ylab, 47 ta evakuasiya markazlari tashkil etilgan.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA