Ташкент +4° Mon 08:21
Долзарб мавзулар Foto

Oilaviy mojaro ortidan qotillik yuz berdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 26.06.2019, 13:53

24.06.2019 yil soat 23:00 larda fuqaro A.A. (1961 y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so`m pul mablag`ini o`zaro taqsimlashda ukasi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining uyida uning oila a`zolari bilan o`zaro janjallashib, qasddan o`ldirish maqsadida o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o`rtog`i G.M. (1964 y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan. Bu haqda Rrokuratura.uz xabar berdi.

Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o`z vaqtida ko`rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To`raqo`rg`on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019 yilda A.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «j» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.A. tegishli prosessual tartibda ushlangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA