Му5
46

Rashid Qodirovga sud hukmi e`lon qilindi

Jinoyat 26.06.2019, 17:12
2598
Rashid Qodirovga sud hukmi e`lon qilindi

Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi, Yunusobod tuman sudi binosida, O`zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov va boshqalarga oid (jami 13 nafar shaxs) jinoyat ishi bo`yicha ayblov hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimida faoliyat ko`rsatib kelgan Rashid Qodirov (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «a» bandi), pora berishga dalolat qilish (JK 28,211-moddasi 3-qismining «a» bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining «a» bandi), soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashid Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari(101 mln 365 ming so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Ulug`bek Sunnatov 19 yilga, A.Mirzaev 15 yilga, Ulug`bek Xurramov 14 yilga, Jamshid Fayziev 13 yilga, A.Musashayxov 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bundan tashqari, sud og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirov, Mirag`lam Mirzaev, A. Mirzaev, Jamshid Fayziev, Ulug`bek Sunnatov, R. Pulatov, Ulug`bek Xurramov, Yu. Gaipovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Шарҳлар