Ташкент +4° Mon 08:21
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 28.06.2019, 17:22

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini tug`ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Bugungi Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida davlat va jamiyat qurilishi sohasida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarga erishayotgani alohida qayd etildi.

Turkmanistonning xalqaro nufuzi izchil yuksalib borayotgani ta`kidlandi. Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu tashkilot va Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi o`rtasidagi hamkorlik to`g`risida navbatdagi rezolyusiya qabul qilingani, 2020-2021 yillarda mamlakatda sambo va trek velosporti bo`yicha jahon chempionatlari o`tkazilishi bundan dalolat beradi.

Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalarni ko`rib chiqdilar.

O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zaro savdo hajmini yanada oshirish, transport, energetika, sanoat va qishloq xo`jalishi sohalaridagi kooperasiyani kuchaytirish muhimligi ta`kidlandi.

Prezidentlar Hukumatlararo qo`shma komissiya ishini faollashtirish, shuningdek, chegaradosh hududlar o`rtasidagi samarali ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni davom ettirish lozimligini aytib o`tdilar.

Muloqot so`ngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti yo`lida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi intilish qat`iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA