Ташкент +4° Tue 19:14
Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda har 2 yilda 1 marta “Xalqaro sirk san`ati” festivali o`tkaziladi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 29.06.2019, 12:06

Festival doirasida sirk ustalarining Xalqaro ko`rik-tanlovi bo`lib o`tadi.

Hukumat qarori (535-son, 27.06.2019 y.) bilan “Xalqaro sirk san`ati” festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, Festival 2021 yildan boshlab har 2 yilda 1 marta Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Festival doirasida sirk ustalarining Xalqaro ko`rik-tanlovi bo`lib o`tadi.

Ko`rik-tanlovda ishtirok etmoqchi bo`lganlar ko`rik-tanlov o`tkazish sanasidan 2 oy oldin Madaniyat vazirligiga hujjatlarni taqdim etadi.

Ko`rik-tanlov ishtirokchilari 4 ta yo`nalish bo`yicha baholanadi:

  • gimnastika;
  • akrobatlar;
  • hayvonlar olami;
  • maxsus (original) chiqishlar.

Ko`rik-tanlov g`oliblari diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro sirk san`ati” festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA