Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

«DAF»dagi yashirincha olib kelinayotgan yonilg`i mahsulotlari mavjudligi ma`lum bo`ldi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 01.07.2019, 18:41

Bojxona xodimlari yonilg`i mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro Sh.M. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, yuk avtotransport vositasi tirkamasi tagiga qo`lbola usulda o`rnatilgan qo`shimcha bakda qiymati salkam 3 million so`mlik 600 litr dizel yonilg`isi borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro Ya.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, yuk avtotransport vositasi kabinasi o`ng va chap tomonidagi zaxira qutilarida, hech qanday hujjatlari bo`lmagan, olib kirishning bo`lgan 50 kilogramm motor moyini olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar bo`yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA