Ташкент +4° Mon 08:21
Долзарб мавзулар Foto

Gonkongda norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 08.07.2019, 15:49

Gongkong aholisi ekstradisiya to`g`risidagi qonunga tuzatishlar kiritilishiga qarshi yana norozilik namoyishlarini o`tkazishmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Yakshanba kungi ommaviy namoyishlarda 230 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Namoyishchilar avvalgidek, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni Xitoyning materik qismiga ekstardisiya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasining butunlay bekor qilinishini talab etishmoqda.

Bu safargi namoyish ishtirokchilari Gonkongning sayyohlar orasida mashhur bo`lgan Shim Sha Suy tumanidagi ko`chalarni va G`arbiy Koulun temiryo`l stansiyasini egallab olishdi. Aynan ushbu stansiya Gonkongni Xitoyning asosiy qismi bilan bog`lovchi nuqta bo`lib hisoblanadi. Jamoatchilik bosimi ostida mahalliy hukumat mazkur qonunga tuzatish kiritishni ko`rib chiqishni ortga surgan bo`lishiga qaramasdan, bu norozilik namoyishlari to`xtamayapti.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA