Долзарб мавзулар Foto

Cobalt o`rniga Chevrolet Monza ishlab chiqarilishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 09.07.2019, 13:12

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda ishlab chiqarilishi to`xtatilayotgan Chevrolet Cobalt o`rnini Chevrolet Monza avtomobili paydo bo`lishi haqida xabarlar tarqaldi.

«Daryo» nashrining Uzauto Motors kompaniyasidagi manbasi Chevrolet Cobalt o`rniga Chevrolet Monza (boshqacha nomi — Chevrolet Onix) ishlab chiqarilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Inkor ham etmadi.

«Korxonada bunday ma`lumotlarni oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi», — deydi nashrning axborot manbasi.

Ma`lumot uchun, korxonadagi boshqa manbalar avvalroq Chevrolet Onix (boshqacha nomi — Chevrolet Monza) va Tracker’ning yangi avlodini yig`ish o`zlashtirilishi mumkinligini ma`lum qilgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA