Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

Fransiyada yangi ekologiya solig`i joriy etildi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 10.07.2019, 15:35

Fransiyada kelasi yildan e`tiboran aviareyslar uchun yangi ekologiya solig`i joriy etiladi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Elizabet Born ma`lum qildi.

Endi mamlakatdan amalga oshiriladigan har bir reysga sotilgan aviabilet uchun ma`lum miqdorda qo`shimcha haq undiriladi. Fransiya hukumati atrof- muhitni muhofaza qilish kengashining majlisidan so`ng ushbu qarorni qabul qildi. Endi Evropa Ittifoqi bo`ylab ekonom toifasidagi reyslarda parvoz etayotgan yo`lovchilardan qo`shimcha 1,5 evro, biznes toifasida uchayotganlardan esa 9 evro miqdorida yig`im undiriladi.

Evropa Ittifoqi tashqarisiga parvoz etayotganlar uchun esa soliq miqdoriga mos ravishda 3 va 18 evro etib belgilandi. Yangi tartib-qoida tranzit reyslariga tadbiq etilmasligi aytilmoqda. Shunday qilib, 2020 yili ushbu soliq turi orqali 180 million evrodan ortiq mablag` yig`ilishi kutilmoqda. Ushbu mablag` esa atrof- muhitga salbiy ta`siri kam bo`lgan transport infratuzilmasni rivojlantirishga yo`naltiriladi. Fransiya Evropa Ittifoqining boshqa davlatlarida ham ekologiya solig`ining joriy etilishiga erishmoqchi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA