Му5
46

Rossiya Federasiyasida ajrim eng kam uchraydigan hudud ma`lum bo`ldi

Dunyo 10.07.2019, 15:40
695
Rossiya Federasiyasida ajrim eng kam uchraydigan hudud ma`lum bo`ldi

Rossiya statistika qo`mitasi joriy yilning yanvar-aprel oylari holatiga ko`ra, nikoh ajrimlari haqidagi statistik ma`lumotlarni ma`lum qildi.

“Russia Today”ning yozishicha, ko`rsatilgan davr mobaynida Rossiyada jami 184.2 ming nikoh qayd etilgan bo`lib, Federasiya Respublikalari bo`yicha eng ko`p nikohlar buzilayotgan hududlar sifatida Saxalin viloyati (ming kishi uchun 5.1), Kareliya Respublikasi (4.6), Nenes avtonom hududi (4.5), Murmansk va Belgorod viloyatlari (4.3) ko`rsatilgan. Ajrimlar eng kam qayd etilgan hududlar sifatida Shimoliy Kavkaz Respublikalari e`tirof etilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Checheniston Respublikasi eng kam ko`rsatkich bilan bu ro`yxatning boshida turibdi. Ya`ni bu erda ajrimlar soni ming kishiga 0.6 tashkil etmoqda. Ingushetiyada 0.8, Dog`istonda 1.1, Shimoliy Osetiyada 1.8, Kabardino-Balkariyada esa 1.9 ko`rsatkichni tashkil etmoqda.

Ta`kidlash lozimki, Rossiya Federasiyada tug`ilishlar soni kamayishda davom etmoqda. Rossiya Prezidentining bolalar huquqlari bo`yicha komissari Anna Kuznesova 2018 yil yakunlariga ko`ra taqdim etgan ma`lumotlarda Federasiyada tug`ilishlar soni 2016 yilga nisbatan 15.3 foizga kamaygani qayd etilgan.

Шарҳлар