Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

O`rtaer dengizida plastik chiqindi miqdori oshib ketdi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 10.07.2019, 15:48

Ekspertlar inson kundalik hayotida plastik buyumlardan foydalanishni kamaytirish borasida qo`shimcha choralar ko`rilishi lozimligini ta`kidlashmoqda. Aks holda 2050 yilga kelib, dunyo okeanidagi plastik chiqindilar miqdori baliqlar sonidan ortib ketadi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Har yili O`rtaer dengizi mamlakatlari 24 million tonna plastik chiqindilar chiqaradi. Ularning to`rtdan bir qismi esa okeanga tushadi. Bu esa har bir daqiqada O`rtaer dengiziga 34 ming donadan ortiq plastik butilkalar tashlanishiga tengdir. Hozirda ushbu dengizda 250 milliardga yaqin plastik buyumlar suzib yuribdi. Umumjahon yovvoyi tabiat fondi ma`lumotlariga ko`ra, Barselona O`rtaer dengizi shaharlari orasida eng ifloslangan hudud bo`lib hisoblanadi. Yoz oylarida plastik chiqindilar miqdori uch marotabaga ortib ketadi.

Bundan esa iqtisodiyoti turizmga bog`liq bo`lgan davlatlar hammadan ko`ra ko`proq aziyat chekmoqda. Umumjahon yovvoyi tabiat fondi hisob-kitoblariga ko`ra, plastik chiqindilar bilan ifloslanish tufayli O`rtaer dengizi davlatlari har yili 640 million evro yo`qotishmoqda. Olimlar plastik chiqindilar nafaqat atrof- muhit balki insonlar organizmi uchun ham xavfli ekanligini ta`kidlashmoqda. Plastik chiqindilar quyosh nuri ta`sirida o`zidan zararli moddalar ajratib chiqaradi. Ular esa turli yo`llar bilan inson organizmiga tushmoqda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA