Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

Sug`urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 10.07.2019, 21:14

Prezident Shavkat Mirziyoev 10 iyul kuni sug`urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Sug`urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakatimiz moliya bozorida bu xizmatlarning o`rni hozircha katta emas.

Joriy yilning olti oyida sug`urta tashkilotlari tomonidan yig`ilgan sug`urta mukofoti o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan bo`lsa-da, sug`urta tushumi aholi jon boshiga 50 ming so`mdan to`g`ri kelgan.

Ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, bu ko`rsatkich Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni tashkil etadi.

Buning asosiy sabablaridan biri - sug`urta xizmatlari etarli darajada jozibador emasligi. Misol uchun, o`tgan olti oyda umumiy sug`urta tarmog`ida 887 milliard so`m sug`urta mukofoti yig`ilgan bo`lsa-da, ushbu davrda mijozlarga to`langan sug`urta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga to`g`ri kelgan. Dunyoda esa bu ko`rsatkich o`rtacha 50-60 foizdir.

Yig`ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug`urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi.

– Sohaga nazoratchi emas, ilg`or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o`rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug`urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu bois ushbu inspeksiyani tugatib, Sug`urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sug`urta sohasini o`rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to`g`ri keladigan sug`urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qo`yildi.

Avvalo, aholi va tadbirkorlarning sug`urtaga ishonchini oshirish zarurligi ta`kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga sug`urta da`volarini ko`rib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sug`urta hodisasini adolatli baholash va to`lovlarni tezkor to`lash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi.

Sug`urta tashkilotlarining investisiya faoliyatini qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Jumladan, sug`urta kompaniyalarining lizing faoliyati bilan shug`ullanishini rag`batlantirish va lizing xizmatlari bo`yicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini sug`urta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Moliya vazirligi hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportini sug`urtalash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Milliy sug`urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta`minlash, ilg`or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish bo`yicha ham aniq vazifalar belgilandi.

Sug`urta sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli xorijiy bilim yurtlarida o`qitish va etakchi kompaniyalarda malakasini oshirish masalalariga ham e`tibor qaratildi.

Mamlakatimizda majburiy tibbiy sug`urta tizimini joriy qilish haqida so`z borar ekan, davlatimiz rahbari bunga puxta tayyorgarlik ko`rish, tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta`kidladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA