Му5
46

Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida to`satdan tekshiruv boshlandi

Jamiyat 10.07.2019, 21:18
1009
Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida to`satdan tekshiruv boshlandi

Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda qo`shinlarning jangovar tayyorgarligini har tomonlama tekshirish maqsadida o`quv mashg`ulotlari to`satdan berilgan “Trevoga” signali asosida boshlandi. Harbiy qism yuqori jangovar shaylikka keltirildi, barcha shaxsiy tarkib o`ziga belgilangan joylar bo`yicha qo`riqlovni tashkil qildi.

Ta`kidlash joizki, bo`linmalarda o`tkazib kelinayotgan bu kabi tekshiruvlarda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho berilmoqda. Mashg`ulotlarning birinchi kuni harbiy qism shaxsiy tarkibining “Trevoga” signali asosida harakatlanishi, qo`riqlashni kuchaytirilgan tizimga o`tkazish amaliyotlari sinovdan o`tkazildi.

Saf ko`rigi orqali esa shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchilar, serjantlar va ofiserlar tarkibining hujjatlari, safar xaltasi, qurol-aslaha va anjomlari tekshirildi. Bir so`z bilan aytganda Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda olib borilayotgan o`quv mashg`ulotlari yurt posbonlarining jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirish, komandirlik boshqaruvi va favqulodda holatlarda harbiy xizmatchilarning to`g`ri va aniq harakatlanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Ayni paytda mashg`ulotlar dala-o`quv maydonida davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Шарҳлар