Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

"Captiva" va "Malibu" xatlangach, soliq qarzdorligi to`lab berildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.07.2019, 16:54

Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "Tura bobo Rustam" fermer xo`jaligidan Koson tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 24.401.636 so`m soliq qarzini undirish va undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to`g`risidagi ijro hujjati hamda Koson tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "G`ani obod Mansur" fermer xo`jaligidan Koson tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 12.493.796 so`m soliq qarzini undirish va undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida fermer xo`jaliklarining bank hisob raqamlariga inkassa topshiriqnomasi qo`yilgan.

Shuningdek, Byuroning Koson tuman bo`limi davlat ijrochilari tomonidan fermer xo`jaliklarining mol-mulki ko`zdan kechirilganda, "To`ra bobo Rustam" fermer xo`jaligiga tegishli "Captiva" rusumli avtomashina va "G`ani obod Mansur" fermer xo`jaligi hisobida bo`lgan "Malibu" rusumli avtomashina mavjudligi aniqlanadi hamda tegishli tartibda baholanib, onlayn auksion savdoda sotish uchun xatlab olinadi.

Xatlangan avtomashinalar onlayn auksion savdoga chiqarilmasdan turib qarzdor fermer xo`jaliklari rahbarlari tomonidan soliqdan bo`lgan qarzlar to`liq to`lab berildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA