42

Toshkent metrosida 58 yashar ayol temir yo`l izlariga yiqilib tushdi

Jamiyat 11.07.2019, 17:49
1019
Toshkent metrosida 58 yashar ayol temir yo`l izlariga yiqilib tushdi

Bugun taxminan soat 16:00 da «Paxtakor» metro bekatida 1961 yilda tug`ilgan fuqaro K.V. temir yo`l izlariga yiqilib tushgan.

Stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga xech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U o`zini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta`kidladi.

Mazkur holat metropoliten poezdlarining xarakat jadvaliga ta`sir ko`rsatmagan.

Комментарии