41

Zarafshonda sayyor qabul: Harbiy xizmatchilarning aksariyat muammosi joyida hal etildi

Jamiyat 12.07.2019, 09:32
408
Zarafshonda sayyor qabul: Harbiy xizmatchilarning aksariyat muammosi joyida hal etildi

Kecha, 11 iyul kuni O`zbekiston mudofaa vaziri o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligidagi mas`ullardan iborat Navoiy viloyati Zarafshon tumanida sayyor qabul o`tkazdi.

Tashkil etilgangan sayyor qabulda Mudofaa vazirligi markaziy apparatidan iborat ishchi guruh ofiserlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari hamda harbiy pensionerlarning mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o`rganib, ularga amaliy ko`mak berish yuzasidan ish olib bordi.

Shuningdek, general-mayor Azizbek Ikromov Zarafshon tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun forma tikishga mo`ljallangan tikuv sexini borib ko`rdi. Yaqinda ochilgan mazkur tikuv sexida sabab 6 nafar harbiy xizmatchining turmush o`rtog`i ish bilan ta`minlangan. Mudofaa vazirining o`rinbosari bu erda mehnat qilayotganlar bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Ta`kidlash kerakki, Zarafshon garnizonida 400 dan ortiq harbiy xizmatchi o`z oilasi bilan yashaydi. 121 nafar harbiy xizmatchining turmush o`rtog`i ish bilan ta`minlangan bo`lib, 76 nafari ishchiz hisoblanadi. 200 ga yaqin harbiy xizmatchining rafiqasi bola tarbiyasi bilan band bo`lsa, 8 nafari hozirda tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqda.

Sayyor qabul jarayonida harbiy xizmatchilar, ularning oila a`zolari hamda zahiraga bo`shatilgan harbiylar va faxriylarning murojaatlari tinglandi, aksariyat qismining muammolari joyida hal etildi. Jumladan, salomatlikni tiklash bilan bog`liq murojaatchilarga tibbiyot muasassalariga yo`llanmalar berilgan bo`lsa, maktabgacha ta`lim muasassasiga joylashtirish bo`yicha tushgan murojaatning bir nechtasi joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar bo`yicha esa huquqiy maslahatlar ham ko`rsatildi.

Eslatib o`tamiz, Mudofaa vaziri o`rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh bugun 12 iyul kuni Navoiy shahrida sayyor qabul o`tkazadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Комментарии