Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

Fan olimpiadasi g`oliblari joriy yilda qaysi yo`nalishlarga imtihonsiz davlat granti asosida kira olishi mumkinligi haqidagi ro`yxat tasdiqlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.07.2019, 09:58

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi fan olimpiadasi g`oliblari joriy yilda oliy o`quv yurtlarining qaysi yo`nalishlarga imtihonsiz, davlat granti asosida kira olishi mumkinligi haqidagi ro`yxatni e`lon qildi.

Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Olimpiada fani va tanlovlar bilan oliy ta`lim yo`nalishlari o`rtasidagi kasbiy muvofiqlik tasdiqlandi.

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati eslatishicha, umumta`lim fanlari bo`yicha respublika olimpiadalarida 1–3-o`rinlarni olgan o`rta maxsus o`quv muassasalari bitiruvchilari va umumta`lim maktablarining 11-sinf o`quvchilari test va qo`shimcha imtihonlarsiz oliy o`quv yurtlariga qabul qilinadi.

Bunda oliy o`quv yurti mutaxassisliklari va olimpiadalar fanlari o`rtasidagi muvofiqlik inobatga olinadi.

Olimpiadaning respublika bosqichi 18 ta umumta`lim fanlaridan (maxsus maktab-internati o`quvchilari uchun ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan) o`tkazildi.

Mazkur bosqichda 1059 nafar (448 nafari akademik lisey va kasb-hunar kolleji, 611 nafari maktab o`quvchilari) o`quvchilar ishtirok etdi.

Olimpiadaning respublika bosqichi yakuniga ko`ra, jami 18 ta fandan 53 nafar o`quvchi g`olib deb topildi va shundan 20 nafari 1-o`ringa, 18 nafari 2-o`ringa va 15 nafari 3-o`ringa sazovor bo`ldi.

O`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan umumta`lim fanlari bo`yicha respublika olimpiadasining IV bosqichi g`oliblari ro`yxati.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA