42

Sog`liqni saqlash vazirligi Sirdaryoda sodir bo`lgan avtohalokat yuzasidan ma`lumot berdi

Jamiyat 12.07.2019, 10:54
833
Sog`liqni saqlash vazirligi Sirdaryoda sodir bo`lgan avtohalokat yuzasidan ma`lumot berdi

Joriy yilning 11 iyul kuni saot 10:48 atrofida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani M-34 trassa yo`lida harakatlanayotgan IZUZI avtobusi yo`ldan chiqib ketib, avtohalokat sodir bo`lgan.

Natijada 16 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bemorlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilib, ularning 9 nafari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan, 7 nafariga esa jarohati engil bo`lganligi sabab ambulator sharoitda tibbiy yordam ko`rsatilgan. Vafot etgan bemorlar yo`q.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`rilmoqda. Jumladan, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha tezkor guruh tuzildi. Ayni paytda malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi shifokorlar markazning Sirdaryo viloyat filialidagi bemorlar hayoti uchun kurashmoqda.

Shuningdek, ular uchun zarur tibbiy dori-darmon va tibbiy vositalar etkazib berilgan. Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan ma`lumotlarni berib boradi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Комментарии