41

Janubiy Koreya va Yaponiya o`rtasida savdo mojarasi yuzaga keldi

Dunyo 12.07.2019, 16:36
745
Janubiy Koreya va Yaponiya o`rtasida savdo mojarasi yuzaga keldi

Ekspertlar mazkur jarayon smartfonlar etkazib berish tizimini ishdan chiqarishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Mojaroning yuzaga kelishiga esa Janubiy Koreya tomonidan majburiy mehnat qurbonlariga yordam berish fondini tashkil etilayotgani sabab bo`ldi. Janubiy Koreya tomoni mazkur masalaga o`z hissasini qo`shishni so`rab, Yaponiyaga murojaat qildi. Sababi mamlakat 1910 yildan 1945 yilga qadar Yaponiya koloniyasi bo`lib kelgan, bu vaqt mobaynida Janubiy Koreyadan ko`plab insonlar ishchi kuchi sifatida Yaponiyaga majburan olib ketilgan.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya sudi o`tgan yili Nippon Steel va Mitsubishi Heavy kompaniyalariga qarshi da`vo arizalarni ko`rib chiqib, odamlarni majburiy mehnatga jalb qilishda aybdor, deb topdi va bir necha yuz ming dollarlik jarimalar belgilagan edi. Biroq Yaponiya tomoni jarimalarni to`lashdan bosh tortmoqda. Qolaversa, Janubiy Koreyaga eksport qilinayotgan yuqori texnologiyali materiallar eksporti limitini keskin cheklashni ma`lum qildi. Buning ortidan Janubiy Koreya do`konlarida Yaponiya mahsulotlariga nisbatan "boykot" e`lon qilindi. Ko`pchilik mijozlar ham buni qo`llab- quvvatlamoqda. Janubiy Koreya tomoni Yaponiya harakatlari ustidan Xalqaro savdo tashkilotiga arz qilmoqchi.

Комментарии