Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

MIB er-xotinning mol-mulk mojarosiga echim topdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 12.07.2019, 16:52

Qarshi shahar Qarluqbog`ot mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan xonadon sobiq er-xotin D.Toshev va N.Eshonqulovaning turmushi davrida orttirgan umumiy mulki edi.

Bir oila ikkiga ajralgach, fuqaro N.Eshonqulova mulk da`vosi bilan sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining 2019 yil 19 mart kunidagi ijro varaqasiga asosan umumiy mulk bo`lgan xonadon uchun to`langan boshlang`ich to`lov 55.215.000 so`mning yarmi, ya`ni 27.607.500 so`mi qarzdor D.Toshevdan undiruvchi N.Eshonqulova foydasiga undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Qamashi tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risidagi qaror nusxalari ijrosini ta`minlash uchun taraflarga jo`natilgan. Er-xotin bu masalada ham murosa yo`lini tanlamadi. Qarzdor D.Toshev ijro hujjati ijrosini ixtiyoriy ravishda ta`minlanmagach, majburiy ijro harakatlariga kirishildi va 2019 yilning 21 iyun kunida 27.607.500 so`m pul mablag`i N.Eshonqulovaga undirib berildi.

Shu bilan, er-xotin o`rtasidagi mol-mulk mojarosi o`z echimini topdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA