Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

Pop va Mingbuloq tumanlarida 8 ming gektardan ortiq foydalanishdan chiqqan er o`zlashtiriladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.07.2019, 17:00

Joriy yilning 9-10 iyul kunlari Jahon banki ekspertlaridan iborat missiya vakillari tomonidan Namangandagi Pop va Mingbuloq tumanlarida joriy etilayotgan Er va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi asosidagi eksperiment tajriba o`rganildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Konsepsiyaga muvofiq Pop va Mingbuloq tumanlarida qiymati 20 million dollarga teng 8140 gektar maydon o`zlashtiriladi. Mablag`ning 15 million dollarga teng qismi xalqaro moliya institutlari, 5 million dollarga teng qismi tashabbuskorlarning o`z mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

032A0945.JPG

Bugungi kunda qishloq xo`jaligi sohasida davlat xususiy sektorini rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev qabul qilingan o`n yillik konsepsiya orqali

1 million gektardan ortiq maydon qayta qishloq xo`jaligiga foydalanishga topshirilishi, nafaqat yangi erlarning qaytarilishi, balki erlarga nisbatan davlat xususiy sherikchilik mexanizmini qo`llashga erishilishini bildirdi.

032A0949.JPG

Uchrashuvda Jahon bankining suv resurslarini boshqarish bo`yicha etakchi mutaxassisi Azad Adulhamid, Qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha etakchi mutaxassisi Sergey Zorya hamda Jahon bankining Olmaota viloyatidagi ofisi loyiha rahbari Animesh Shrivastava va boshqa mutasaddi vakillar Pop tumanidagi “Art Soft Cluster” korxonasi, Chodak massividagi 3500 gektar foydalanishdan chiqqan sug`oriladigan maydonlarni 4-ko`tarma nasos stansiyasi va 2 km irrigasiya tarmoqlarini, “G`urumsaroy-2” nasos stansiyasi va boshqa majmualarni ko`zdan kechirishdi.

032A0907.JPG

- Bugungi kunda “Art Soft Cluster” korxonasida 3 mingdan ortiq ishchi xizmat qilmoqda. Yangi foydalanilmagan erlarning o`zlashtirilishi natijasida yana mingdan ortiq yangi ish o`rinlari yaratiladi, deydi korxona rahbari o`rinbosari Fazliddin Sayfiddinov.

Jahon bankining qishloq xo`jaligi bo`yicha etakchi iqtisodchisi Sergey Zorya Pop va Mingbuloq tumanlarida joriy etilayotgan tajriba natijasida qishloq xo`jaligi erlari va irrigasiya tizimlarini isloh qilishda foydalanish mumkinligi ta`kidladi. - Jahon tajribasida sohani isloh qilishda ishni pilot loyihalardan boshlashadi. Shundan so`ng loyiha ishi keng joriy etiladi. Xuddi shanday tajriba Marokashda ham keng qo`llanilmoqda. Bu erda erlarning 50%ini xususiy sektorlar qoplamoqda. Shubhasiz, O`zbekistonda ham bu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

032A0904.JPG

Qishloq xo`jaligi vazirligi boshqarma boshlig`i Asror Jo`raev:

Ko`p yillik ma`lumotlarga asoslanib, 45-50 milliard kub suv respublika bo`yicha ishlatiladi. Shuning qariyb 15 milliardisug`orish tarmoqlarida behuda isrof bo`layapti. Qabul qilingan imtiyozlar esa shu yo`qotishlarning oldini olish bilan bir qatorda respublika qishloq xo`jaligida ikki martadan, hattoki, yiliga ayrim viloyatlarimizning uch martadan erdan foydalanishga keng imkoniyatlari yaratib beradi.

photo_2019-07-09_13-55-42.jpg

Sinov tariqasida Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda respublikamizning butun hududida joriy etiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA