Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

MIB direktorining Sirdaryo va Surxondaryodagi sayyor qabullari yakunlari haqida

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.07.2019, 17:42

Joriy yilning 6-iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sayyor qabul o`tkazdi va unda 10 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda fuqarolar asosan aliment va qarzdorlikni undirish, sud qarorlarining ijrosi, energiya resurslari, suv hamda maishiy chiqindi sohasidagi to`lovlar va boshqa masalalar bo`yicha murojaat qilishgan. Qabulda har bir murojaat birma-bir tinglanib, ularning echimi yuzasidan mas`ullar biriktirildi.

Huddi shunday, Byuro direktorining navbatdagi sayyor qabuli joriy yilning 8-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tashkil etildi va qabulda 8 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ushbu sayyor qabulda ham fuqarolar aliment undiruvi sud qarorlaroi ijrosi hamda kommunal sohasidagi undiruvlar haqida murojaat etishdi.

Misol uchun, fuqaro Termiz tumanida yashovchi fuqaro R.Eshonqulovaning alimentga doir murojaati mas`ul xodimlar tomonidan nazoratga olinib, qarzdorlik miqdori qayta hisob-kitob qilindi va qarzdordan aliment to`lovlari undirilishi ta`minlandi.

O`z navbatida, fuqaro R.Eshonqulova ham masalasini ijobiy hal etilgani haqida Byuro direktori o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA