Му5
48

Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan psixotrop dorilar fosh etildi

Jinoyat 15.07.2019, 09:14
635
Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan psixotrop dorilar fosh etildi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo`natmalari orqali jo`natish taqiqlangan.

Ammo shunga qaramay pochta jo`natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini jo`natish holatlari tez-tez uchramoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro I.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 200 dona “Rivotrin” nomli tarkibida psixotrop moddalar mavjud dori vositasi borligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqarolar K.L., K.S., A.S. va B.O. nomiga yuborilgan pochta jo`natmalarida mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan jami 280 dona “Zaldiar”, “Rokacet” va “Normopresan” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda fuqaro S.A. nomiga xorijdan kelgan pochta jo`natmasida esa og`irligi 160 gr bo`lgan ko`knori o`simligi urug`lari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар