Долзарб мавзулар Foto

Qadimiy tangalarni yashirincha olib o`tishga urinish fosh etildi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 15.07.2019, 09:25

Mamlakatimiz bojxona chegaralaridan madaniy boyliklarni yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib borishmoqda.

Xususan, Samarqand xalqaro aeroportida xorijiy davlatga uchib ketayotgan fuqaro B.A. “yashil” yo`lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlaribojxonachilar e`tiborini tortdi va u belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, fuqaroning yuklari orasidan deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, O`zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinadigan, qadimiyligi 50 yildan oshgan 151 dona tangalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA