Долзарб мавзулар Foto

Harbiy o`quv fakultetlari kursantlari qasamyod qabul qildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 15.07.2019, 09:58

14 iyul kuni O`zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik va Toshkent farmasevtika institutlari Harbiy o`quv fakultetlari (Harbiy kafedra) kursantlarining tantanali Harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tantanali marosimda Mudofaa vazirligi kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Farhod Shermatov, Sharqiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, O`zbekiston milliy universiteti rektori A.Marahimov, ota-onalar hamda oliy o`quv yurtlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, kursantlarni Qurolli Kuchlar safiga kirishlari munosabati bilan qutladilar.

Har yili oliy o`quv yurtlari Harbiy o`quv fakultetlari 3-kurs kursantlari Qurolli Kuchlar safiga kirish oldidan o`z xizmat burchlarini sadoqat bilan ado etish to`g`risida qasamyod qilishadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA