Му5
48

“Milliy irodadan boshqa kuchni tan olmagan millatning g`alabasi”

Jamiyat 15.07.2019, 12:05
552
“Milliy irodadan boshqa kuchni tan olmagan millatning g`alabasi”

Roppa-rosa uch yil muqaddam, 15 iyul sanasida Turkiya qurolli kuchlari tarkibidagi bir guruh harbiy kiyimli xoinlar hukumatni ag`darishga urinishgandi. Ammo bu harakat qisqa muddat ichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi...

Turkiya Respublikasi favqulotda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er 2016 yilning 15 iyul kuni ro`y bergan xoinona davlat to`ntarishiga urinish yuzasidan matibuot anjumani o`tkazdi.

Turk xalqining g`alabasi bilan yakunlangan davlat to`ntarishiga urinish haqida so`zlar ekan elchi janoblari o`sha kecha bo`lib o`tgan voqealarni qisqacha so`zlab berdi:

Soat 22:00 da Istanbul va Anqara shaharlari markazlarida pastlab uchayotgan harbiy samolyotlar ko`zga tashlanib, o`q ovozlari eshitila boshladi. Bir to`da isyonchilar aviaqatnovlarni to`xtatish uchun yo`l va ko`priklarni butunlay to`sib qo`yishgan edi. Ko`p o`tmay harbiy vertolyotlar odamlarga va davlat binolariga qarata o`q yomg`irin yog`diri boshladi. Ba`zi hukumat va OAV binolari isyonchilar tomonidan bosib olindi. Odamlar hukumatning bo`layotgan voqealar yuzasidan rasmiy bayonot berishini sabrsizlik bilan kutardi.

Soat 23:30 da Binali Yildirim armiya tarkibidagi muayyan qismning hukumatni ag`darishga uringanini va qonunga xilof qo`zg`olonni uyushtirganlarning jazoga tortilishi muqarrarligini ta`kidladi. Shu bilan birga o`sha damda Turkiya qurolli kuchlari davlat to`ntarishiga urinish harakatini qo`llab-quvvatlamasligini ma`lum qildi.

Shunga qaramay soat 00:13 da isyonchilar TRT binosini qo`lga olib, “Qonuniyligini yo`qotgan hukumat faoliyatiga chek qo`yildi” deya komendantlik soati boshlanganini va aholiga ko`chaga chiqish ta`qiqlanganini e`lon qilishdi. Oradan ko`p o`tmay, ya`ni soat 00:30 da Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo`g`an CNN telekanali bilan mobil telefondan videomurojaat orqali bog`lanib, xalqqa murojaat bilan chiqdi. Prezident xalqdan boshqa kuchni tan olmasligini aytadi va xalqni maydonlarga chiqishga chorlaydi. Aholini qo`zg`olonchilarga qarshi ruhlantirish maqsadida mamlakatning barcha jom`e masjidlarida salovat o`qiladi. Mamlakat ko`chalariga chiqqan aholiga isyonchilar o`q uzishda davom etishadi hatto odamlar ustiga tanklar bilan bostirib borishadi. O`sha tunda parlament binosiga bomba tashlanadi, bu paytda binoda deputatlar bor edi. Lekin shunga qaramay xalq chekinmadi, tunni maydonlarda o`tkazdi.

Soat 03:07da prezidentRajab Tayyib Erdo`g`an o`tirgan samolyot Istanbulga etib keladi. Polisiya xodimdari tuni bilan isyonni bartaraf etib, nazoratni qo`lga olishga erishadilar. Ko`p o`tmaydavlat to`ntarishiga urinish Fathullohchi terror tashkilot tomonidan rejalashtirilgani va amalga oshirilganligi ma`lum bo`ladi. Ammo bu xiyonatkorona urunish hukumat va xalq tomonidan bir necha soat ichida bartaraf etiladi. Afsuski, bu qo`zg`olon qurbonsiz bo`lmadi, o`sha tunda isyonchilarga qarshi chiqqan 251 kishi hayotdan ko`z yumdi, 2000 dan ortiq fuqaro esa yaralandi.

Lekin bu oddiy xalqning davlat to`ntarishiga qarshi g`alabasi edi. Ertasi kuni o`n minglab kishilar maydonlarga to`planib, g`alabani qutladi.

Biz har yili shu kunni alohida e`tibor bilan tilga olamiz, qurbon bo`lganlarni xotirlaymiz, xalq g`alabasini nishonlaymiz. Bu tun hech qachon takrorlanmasligini tilaymiz, – dedi Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er

Janob elchi Turkiya davlatini ag`darib tashlashga urinishi haqida gapirar ekan, o`tgan asrning 90-yillari boshida O`zbekistonda hamGulen ta`limoti avj olganini, lekin O`zbekiston rahbariyatining odilona siyosati tufayli falokatning oldi olinganini alohida ta`kidladi.

Dilfuza SOBIROVA

Шарҳлар