Му5
48

MIB fuqaroning maoshini undirib berdi

Jinoyat 16.07.2019, 12:39
612
MIB fuqaroning maoshini undirib berdi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Nukus tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Qoraqalpog`iston Agroservis” MTP MChJdan Samandarov Toxirjonning foydasiga 17 621 570 so`m undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo`limi ish yurituviga 07.01.2019 yili kelib tushgan va ijro ishi qo`zg`atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, “Agro Bank” Nukus filialining ma`lumotnomasiga asosan qarzdor “Qoraqalpog`iston Agroservis” MTP MChJ tomonidan 09.04.2019 yili T.Samandarovning plastik kartasiga 5 616 878 so`m o`tkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Bundan tashqari, Byuroning Nukus shahar bo`limi davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi, ya`ni qarzdorga sud qarorini ijro qilmaslik oqibatlari tushuntirilib, jamiyat mol-mulkiga qaratilishi to`g`risida ogohlantirildi.

Buning natijasida, 11.07.2019 yili qarzdor “Qoraqalpog`iston Agroservis” MTP MChJdan qolgan 12 004 692 so`mni to`lig`i bilan to`lab berdi hamda ushbu mablag`lar T.Samandarovning xisob raqamiga o`tkazilib berildi.

O`z navbatida, fuqaro T.Samandarov Byuro xodimlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Шарҳлар