Долзарб мавзулар Foto

Jazirama qachongacha davom etadi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 16.07.2019, 13:34

Respublika Gidrometeorologiya markazi ma`lumotiga ko`ra, bu haftada ham O`zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Hafta davomida harorat 39-42 daraja, janubiy hududlar va cho`l zonalarida 44-45 darajagacha ko`tariladi.

Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.

Shuningdek, havo harorati yuqoriligi sabab tog` cho`qqilarida muzliklar erishi natijasida yurtimizning tog` oldi tumanlarida sel toshqinlari kuzatilishi mumkin.

Xo`sh, bunday jazirama yana qancha vaqt davom etishi mumkin?

Gidrometeorologiya markazining ma`lum qilishicha, juda issiq ob-havo 20-21 iyulga qadar davom etadi. Iyul oyining so`nggi o`n kunligida havo harorati biroz pasayishni boshlaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA