Долзарб мавзулар Foto

Oliy Majlis deputatlari avtomobillar oynalarini parda bilan to`sishga ruxsat berishni taklif etdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 16.07.2019, 13:40

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev Feysbukdagi sahifasida bir necha nafar deputatlarning avtomobillar oynalarini parda bilan to`sishga ruxsat berishni taklifini e`lon qildi.

«Ayni kunlarda jazirama issiq tufayli avtomobilda harakatlanayotgan yo`lovchi va haydovchilarning quyosh nurlaridan himoyalanishga ehtiyoji ortib borayotganligini ko`rib turibmiz. Afsuski buni qonuniy va to`lovlarsiz amalga oshirishning imkoniyati yaratilmagan.

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori qarori bilan tasdiqlangan «Yo`l harakati qoidalari»da Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlardan bir sifatida barcha transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug`lik o`tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo`lishi belgilangan.

Shu bilan birga masalaning qonuniy echimi sifatida jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining to`qson baravari, yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma baravari, O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz qirq baravari miqdoridagi to`lov evaziga ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) engil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Mazkur tartibga rioya etilmagan holatlarda esa Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 126-moddasiga asosan eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan qirq baravari miqdorigacha jarima to`lash belgilangan.

Aholi va jamoatchilikning fikri asosida xulosa qilinsa, bunday tartib va qoidalarning amalga tadbiq etilishida bir qator o`ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan:

-mamlakatimiz nisbatan issiq ob-havo kuzatiladigan iqlim mintaqasida joylashganligi;

-issiq va quyoshli kunlarda avtomobil egalari va undagi yo`lovchilarning issiqdan va quyosh nurlaridan himoyalanishi huquqi uchun pul to`lashga to`g`ri kelayotganligi, bunga imkoniyati bo`lmaganlarga esa issiqdan va quyosh nurlaridan himoyalanishi uchun qonuniy tartiblar mavjud emasligi;

-oynalarining tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) engil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat olish uchun belgilangan to`lov miqdori ayrim yangi avtomobil qiymatining 30 foizidan, hattoki ba`zi avtomobillarning ikkilamchi bozordagi narxining 50 foizidan ham ko`pni tashkil etayotganligi;

-aholi o`rtasida jamiyatimizda aholining boy va kambag`al qatlamga ajratib qo`yilmoqda, degan tushuncha paydo bo`layotganligi;

-qonun xujjatlarida «haydovchining o`rnidan tevarak-atrofni ko`rish» tushunchasiga tushuntirish mavjud emasligi inobatga olinmagan.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to`lov evaziga oynasining tusini o`zgartirishga ruxsat olib o`zgartirgan engil avtotransport vositalarini tekshirish uchun tez-tez to`xtatilayotganligi va ularning qimmatli vaqtlari yo`qotilayotganligi ham fuqarolarning noroziligiga sabab bo`lmoqda.

Mazkur masalada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi murojaatlar ko`payganligi muammoning dolzarbligini anglatadi.

Ushbu murojaatlar bo`yicha qonun xujjatlari va yigirmaga yaqin (Buyuk Britaniya, Polsha, Shvesiya, Fransiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va h.k.) xorijiy davlatlar tajribalarini o`rganib chiqildi.

Natijada avvalo xavfsizlik masalalarini inobatga olgan holda yo`lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun avtotransport vositalarining ikki yoniga o`rnatilgan orqa tomon ko`rinishini ta`minlaydigan tashqi ko`zguni haydovchining o`rnidan ko`rishga halaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy parda yoki darparda o`rnatilishiga hech qanday to`lovlarsiz ruxsat berilishi maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi.

Shundan kelib chiqib, bir guruh deputatlar tomonidan vakolatli davlat organlariga amaldagi «Yo`l harakati qoidalari»ning tegishli bandiga haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun ikki yoniga o`rnatilgan orqa tomon ko`rinishini ta`minlaydigan tashqi ko`zguni haydovchining o`rnidan ko`rishga halaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy yoki darparda o`rnatishga bepul asosda ruxsat berishni nazarda tutuvchi o`zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar taqdim etildi.

Ko`p ming sonli fuqarolarimiz murojaatlari asosida taqdim etilgan ushbu taklif yuzasidan mas`ulllarning munosabati natijalari haqida tez kunlarda albatta ma`lum qilamiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA