Долзарб мавзулар Foto

Shiddatli bahslar: artilleriyachi askarlar g`oliblik uchun kuch sinashdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video
Добавлено: 17.07.2019, 10:50

2018 yildan e`tiboran Mudofaa vazirligi qo`shinlaridagi aralash tarkibdagi harbiy qism askarlari o`rtasida o`n beshdan ziyod yo`nalish bo`yicha o`tkazib kelinayotgan “Eng ilg`or mutaxassis” ko`rik-tanlovi orqali yosh mutaxassislarning kasbga bo`lgan qiziqishi ortib bormoqda.

Nukus poligonida garnizondagi harbiy qismlardan birining artilleriya mutaxassislari o`rtasida ana shunday qo`rik-tanlovning birinchi bosqichi murosasiz bahslarga boy bo`ldi.

Shiddatli bellashuvlarda muddatli harbiy xizmatchilar bir necha oy davomida artilleriya qurollaridan oqilona foydalanish va nishonlarni aniq mo`ljalga olib, yo`q qilish ko`nikmasi amalda sinaldi.

Musobaqa shartidagi ko`zda tutilgan mashqlardaaskarlar yakkalik va jomoaviyme`yorlarnishiddat bilan bajarishi professional ko`nikma va bir necha yillik tajribaga ega bo`lgan artilleriyachilarda ham taassurot qoldirgani shubhasiz.

Jamoa sha`ni va g`alaba uchun kurashda artilleriyachilar “Eng ilg`or artilleriya mutaxassisi” ko`rik-tanlovining “Stvolli artilleriya mutaxassisi”, “Reaktiv artilleriya mutaxassisi” hamda “Minomyot artilleriya mutaxassisi” kabi nominasiyalarda qatnashdi. G`olib va sovrindorlar tegishli tarzda diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, harbiycha ana`anaga aylangan “Artilleriya estafetasi” bahslari ham mazkur harbiy qism hayotida ommalashib bormoqda. Bo`linmalar bilan o`tkazilayotgan ushbu musobaqa askarlar o`rtasida sog`lom raqobat muhitini yaratib, ilg`orlarni rag`batlantirishga xizmat qilmoqda.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA