41

Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori iste`foga chiqadi

Dunyo 18.07.2019, 11:59
512
Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori iste`foga chiqadi

Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard iste`foga chiqishini ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

U iste`foga chiqish haqidagi qarorni «jamg`arma manfaati yo`lidaqabul qilganini va bu voris tanlab olish jarayonini tezlashtirishini» ta`kidladi. Eslatib o`tamiz, Fransiyaning sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri Lagard jamg`armaga 2011 yilning iyulidan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. Joriy yilning 12 sentyabiridan uning vakolati o`z nihoyasiga etadi.

Bundan ikki hafta ilgari Evropa Ittifoqi rahbarlari uning nomzodini Evropa markaziy banki rahbarligiga ilgari surishgandi. Bordi-yu, Evroparlament deputatlari ushbu tanlovni ma`qullasa, Kristin Lagard Evropa markaziy banki raisi bo`lgan ilk ayol bo`ladi. Ayni damda ushbu lavozimni Mario Dragi egallab turibdi, uning vakolati 31 oktyabr kuni o`z nihoyasiga etadi.

Комментарии