Му5
50

O`ta vahshiy qotillik: qo`shnisini 101 marta pichoqlagan yigit odamxo`rmidi?

Jinoyat 19.07.2019, 15:18
2463
O`ta vahshiy qotillik: qo`shnisini 101 marta pichoqlagan yigit odamxo`rmidi?

Internet tarmoqlarida surxondaryolik bir yigit jismoniy quvvatini oshirish uchun odam ichki a`zolarini eyishni maqsad qilib, qo`shnisini o`ta vahshiylarcha o`ldirgani haqida xabar tarqaldi-yu odamlar orasida vahima ko`tarildi «U kim o`zi? Nahot odamxo`r bo`lsa?» Ma`lum bo`lishicha, jinoyat 1992 yil 31 martda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug`ilgan A.A tomonidan sodir etilgan. Sud hujjatida A.A tugallanmagan o`rta ma`lumotli, bo`ydoq, ishsiz, muqaddam sudlanmagan deb, ko`rsatilgan. Xo`sh, uni bu mudhish jinoyatga nima etakladi?

Sayrdan tirik qaytmasligini bilganidami...

A.A shu yilning 21 fevral kuni soat 22.00 da bir mahallada yashovchi qo`shnisi B.Chni aylanib kelish bahonasida uyidan olib chiqadi. A.A qo`shnisini fermer xo`jaliklari dalasi o`rtasidan kesib o`tgan yo`l bo`ylab boshlab borib, to`satdan B.Chning orqa tarafiga pichoq bilan zarba beradi. B.Ch jarohat oqibatida erkin harakatlana olmayotganini ko`rgan A.A uning orqa tarafiga yana 101 marta pichoq bilan uradi.

Ko`p marta pichoqlangan bo`lsa ham B.Chning joni uzilmagan edi. Uning hamon nafas olayotganini ko`rgan A.A qo`shnisini qiynoqqa solib, o`ta shafqatsizlarcha azoblab, qorin old sohasini qo`lidagi pichoq bilan yoradi. So`ng qorin ichiga qo`lini tiqib, yurak xaltasini teshib yirtadi, chap o`pka bo`lagi va bronx bir qismini yulib oladi. Jinoyat ishi hujjatlarida keltirilishicha A.A ichki a`zolarni pishirib eyish maqsadida sug`irib olgan. Ammo bu hali hammasi emasdi. A.A ijtimoiy xavfli qilmishi fosh bo`lmasligi uchun B.Chning hali joni uzilmaganligiga qaramay uni shu hududdan oqib o`tayotgan ariqqa tashlab, ustidan tosh bostirib o`ldiradi va voqea joyidan yashirinadi.

Jinoyat qurolini olib chiqib berdi

Ayblanuvchi A.A nima uchun qo`shnisini o`ta shafqatsizlarcha o`ldirdi? Balki unga nisbatan adovati bo`lgandir yo u xastamidi? Sudda ayblanuvchining qonuniy vakili sifatida ishtirok etgan T.Mning so`zlariga ko`ra, o`sha kuni u boshqa bir o`g`li bilan mashinada fermer xo`jaligi tomonga borgan,yo`l loy bo`lgani uchun avtomobilni to`xtatganida dala chetidagi ariq yonidan A.A chiqib kelgan. T.M uyali telefoni chirog`ini yoqib, undan qaerdan kelayotganini so`ragan. A.A har doimgideko`z tilida «Oshna ovqat pishshi», deb javob bergan. Bu orada T.Mning yonida bo`lgan o`g`li A.Aning oyoqlari qon ekanini ko`rib qoladi. A.A it tishladi degan mazmunda imo-ishora qilgach, otasi trikosini ko`tarib, oyoqlarini tekshiradi. Ammo it tishlari izi ko`rinmasdi. Shunda T.M qo`shnisi B.Chning qaerda ekanini so`raydi. A.A «ketdi», deb, o`z tilida besh-olti nafar bola bilan mushtlashganini tushuntiradi. So`ng otasi A.Ani uyga olib ketgan. B.Chni izlab topish uchun esa voqea joyiga ikkita o`g`lini yuborgan. Keyinroq o`zi ham qaytib kelgan. Ota-o`g`illar ariq chetida bir juft qizil rangli ayollar tapochkasi, ariq ichida esa oq rangli polietilen xalta ustiga tosh bostirilganini ko`rishgan. T.Mning o`g`li suvga qo`lini tiqib, toshni olganida B.Chning jasadi suv yuzasiga qalqib chiqadi.

T.M yuz bergan voqea bo`yicha IIBga xabar berib, ichki ishlar xodimlari bilan birga uyga qaytadi. A.A jinoyat qurolini olib chiqib berib, tepada yana bir narsa borligini ko`rsatgan. So`ng T.Mning katta o`g`li stulga chiqib, javon tepasidan oq sellofanga o`ralgan, qizil rangli go`shtga o`xshash narsani olib, IIB xodimlariga uzatgan.

Sud ekspertizasi nima deydi?

Sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko`ra, A.Ada «Organicheskoe zabolevanie SNS vsledstvie perenesennogo meningoensefalita so sloboumiem. Psixopatopodobny sindrom» belgilari aniqlangan bo`lib, u bir necha marta 2-son viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida davolanib chiqqan. Vaqtni to`liq anglamasligi, emosonal noturg`unligi, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etayotgan vaqtda o`z harakatlariga javob bera olmaganligi, o`zining hozirgi holatiga ko`ra to`g`ri javob bera olmaslii aniqlangan.

Sud ajrim qildi

A.A O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «j», «k» bandlari, 134-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb, topildi. A.Aga nisbatan jinoyat ishi tugatilib, Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

O`z qo`llari bilan farzandini IIB xodimlariga topshirgan otaga oson tutmang. U bunday bo`lishini istamagani aniq. Balki ota yo aka-ukalar ruhiy xasta jigarlariga ko`proq e`tibor berganlarida, u nimalar bilan bandligi, qanday film, ko`rsatuvlar tomosha qilayotganiga qiziqqanlaridami, balki jinoyatning oldini olsa bo`lardi. Afsus...

Surxondaryo viloyati prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`yicha katta yordamchisi Alisher Bobomurodov

Шарҳлар