Долзарб мавзулар Foto

Mudofaa vazirligi media-tur tashkil etadi. Qaerga deysizmi? Xalqaro armiya o`yinlari o`tkaziladigan poligonda!

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 20.07.2019, 20:58

23 iyul, seshanba kuni Mudofaa vazirligi tomonidan ilk bor Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” tog` dala poligonida media-tur tashkil etadi.

Unga respublikamizning nufuzli OAV vakillari, jurnalist va blogerlar taklif qilingan.

“Forish” poligoni — O`zbekistondagi eng zamonaviy va barcha sharoitlarga ega tog`-dala o`quv maydoni. Mazkur poligon ko`plab xalqaro hamkorlikdagi mashg`ulotlarga mezbonlik qilgan. Joriy yilda esa bu erda V Xalqaro armiya o`yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo`nalishi o`tkaziladi.

Respublikamizning nufuzli telekanallari (“O`zbekiston 24”, “Yoshlar”, “UzReport”, “Sevimli TV”), internet nashrlari (“O`zA”, “Daryo.uz”, “Kun.uz”, “Gazeta.uz”) hamda taniqli blogerlar (Davron Tojialiev, Isroil Tillaboev, G`ayrat Yo`ldosh, Muslim Mirzajonov va boshqalar) mazkur poligonda xorijlik harbiylarni kutib olish uchun yaratilgan sharoitlar, Xalqaro armiya o`yinlariga ketayotgan qizg`in tayyorgarlik hamda harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan yaqindan tanishadilar.

Shuningdek, jurnalist va blogerlar O`zbekiston armiyasi amalda foydalanib kelayotgan eng zamonaviy qurol-yarog` va texnikalar bilan bevosita tanishib, ulardan foydalanib ko`rishlari uchun ham imkoniyat yaratiladi. Harbiy orkestr tomonidan konsert tomoshalari, qo`l jangi elementlari namoyishi va “askarcha tushlik” mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz.

Bundan tashqari media-tur davomida faollik ko`rsatgan jurnalistlarni mukofotlash ham ko`zda tutilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA