Долзарб мавзулар Foto

Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 22.07.2019, 10:38

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bo`lib o`tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi.

Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta`minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o`tkazilishi mo`ljallangan binolarda veb-kameralar o`rnatilgan, ular o`z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko`rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta`minlaydi. Ko`pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag`lari tejaladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA