Долзарб мавзулар Foto

O`rindiq ostiga yashirilgan xotira kartalari fosh etildi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 22.07.2019, 12:41

Bojxona xodimlari respublikamizga telefon xotira kartalarini noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishni fosh qilishdi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Pop” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.X. boshqaruvidagi “Opel astra” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning orka o`rindig`i hamda yukxona qismiga yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 8,5 million so`mlik 350 dona turli o`lchamdagi telefon xotira kartalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA