Му5
48

297 million so`mlik sifati kafolatlanmagan sport ozuqalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi

Jinoyat 22.07.2019, 12:44
437
297 million so`mlik sifati kafolatlanmagan sport ozuqalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiKontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi fuqaro M.Sh.ga tegishli xonadon belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, ushbu shaxs o`z uyida jami 72 turdagi umumiy qiymati 297 million so`mlik sport ozuqalarini noqonuniy saqlab kelayotgani fosh etildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар