Му5
48

Qonunbuzarlarning qilmishi oshkor bo`ldi

Jinoyat 23.07.2019, 09:24
582
Qonunbuzarlarning qilmishi oshkor bo`ldi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, respublikamizga chegara-bojxona postlari orqali chetdan olib kirilgan tovarlarni import bojxona rejimiga rasmiylashtirish tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida amalga oshiriladi.

Bunda avtotransport haydovchisiga yuk mashinasiga ortilgan yuklarni belgilangan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga etkazish majburiyati yuklanadi.

Ammo, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan bojxona qonunchiligi buzilishi holatida haydovchi o`ziga yuklangan majburiyatni bajarmagani fosh bo`ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Gap shundaki, O`zbekiston Respublikasining “Yallama” chegara bojxona postida qo`shni davlatdan xususiy korxonalardan birining nomiga kirib kelgan va 10 ming shisha pivo ortilgan yuk avtoransport vositasini belgilangan tartibda ko`zdan kechirgan bojxonachilar uni “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga yo`naltirishdi.

Ammo, belgilangan 1 kun muddat o`tganiga qaramay, avtoransport vositasining “Ark buloq” bojxona postigakelavermagani sababli, zudlik bilan tezkor tadbir belgilanib, mazkur yuk avtomashinasiga ortilgan 5 ming litr pivoni haydovchi xususiy korxona rahbari ko`rsatmasiga asosan xususiy omborlardan biriga tushirganligi fosh etildi.

Tekshiruv jarayonida qonunbuzarlar vakolatli organlarning tegishli ruxsatnoma va sertifikatlarini olmasdan turib, ushbu ichimliklarni sotib yuborishgani va bu jarayonda 184 mln. 571 ming so`m bojxona to`lovlarini to`lashdan bo`yin tovlashgani ma`lum bo`ldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар