Му5
50

“Damas” o`rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so`mlik uyali telefonlar aniqlandi

Jinoyat 23.07.2019, 09:26
543
“Damas” o`rindiqlari ostiga yashirilgan 187 million so`mlik uyali telefonlar aniqlandi

Bojxona xodimlari mamlakatimizga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirish holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan qo`shni mamlakat bilan chegaradosh xududlarda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo`llar bilan olib kirayotgan qonunbuzarlar faoliyatiga nuqta qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Farg`ona tumanida o`zining “Damas” rusumli avtomashinasida harakatlanayotgan fuqaro M.X. belgilangan tartibda to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazildi.

Natijada, avtomashina saloni o`rindiqlari ostida tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan 187,1 million so`mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар