Долзарб мавзулар Foto

Markaziy harbiy okrugiga qarashli maxsus operasiya kuchlari harbiy qismida 200 o`rinli bog`cha qurilmoqda (Video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.07.2019, 09:29

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qismlarning birida 200 o`rinli Maktabgacha ta`lim muassasasi va xizmat uylari qurilishi boshlab yuborilgan. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Harbiy qismning ichki hududida ya`ni “Vatanparvar” mahallasida qurilayotgani MTM va xizmat uylari harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari uchun yanada engillik yaratadi. Bolalar harbiy qismdan 5 km uzoqlikda joylashgan Uyluqma qishlog`idagi 19-umumta`lim ta`lim maktabida tahsil olishadi.

– Men kabi ish bilan ta`minlangan ko`plab ayollar ham shu vaqtga qadar bog`cha yoshidagi bolalarimizni qo`shnilarga qoldirib ketayotgandi, - deydi harbiy xizmatchining turmush o`rtog`i Shahnoza Normatova. - O`zimiz ishda, ko`nglimiz xavotirda bo`lardi. Biz turgan uyni qarama-qarshi tomonidan bog`cha qurilishi barchani birdek quvontirdi. Harbiy okrug qo`mondonligiga minnatdorchiligimni bildiraman.

2 qavat iborat 200 o`rinli MTM “Mini Viracles” MCHJtomonidan qurib bitkazilishi loyihalashtirilgan. Qurilish ishlari iyun oyining oxirida boshlangan bo`lib, 20 nafar ishchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan. Ta`lim maskani atrofida bolalar va sport maydonchasi, saylgoh va suzish havzasi qurilishi ko`zda tutilgan.

2,3 xonali 3 qavatdan iborat 64 xonadonga mo`ljallangan xizmat uylari esa dekabr oyiga qadar topshirilishi rejalashtirilgan.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA