Му5
50

MIB direktorining birinchi o`rinbosari Jizzax viloyatida sayyor qabul o`tkazdi

Jamiyat 23.07.2019, 09:32
409
MIB direktorining birinchi o`rinbosari Jizzax viloyatida sayyor qabul o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o`rinbosari Hasan Kabirjonov Jizzax viloyatida fuqarolar bilan sayyor qabul o`tkazdi.

Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo`limi binosida joriy yilning 22 iyul kuni bo`lib o`tgan sayyor qabulda viloyatimizning barcha tumanlaridan aholi ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham qatnashdilar.

Tadbir davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.

Ma`lumot uchun, fuqaro D.Suyunovaning to`rt oydan buyon aliment pullarini ololmayotganligi borasidagi murojaati sayyor qabul davomida ijobiy hal etilib, qarzdor J.Yuldashevdan 1 mln. aliment puli undirilishi ta`minlandi.

Шарҳлар