42

Sog`liqni saqlash vazirligi: Sirdaryoda “Bor mehrimiz shu xalq, shu vatan uchun!” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar boshlandi

Jamiyat 23.07.2019, 14:18
Теги: Foto
856
Sog`liqni saqlash vazirligi: Sirdaryoda “Bor mehrimiz shu xalq, shu vatan uchun!” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar boshlandi

Ma`lumki, joriy yilning 18 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurganida qator topshiriqlar qatori, viloyatda istiqomat qiluvchi aholini malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklardan o`tkazish bo`yicha topshiriqlar bergan edi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 22 iyul kunidan “Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun!” shiori ostida viloyat aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Ushbu yirik ijtimoiy tadbirdan asosiy maqsad, birinchi navbatda, hududdagi aholi o`rtasidagi statistik ma`lumotlarning haqqoniyligini aniqlash, ikkinchidan, surunkali kechuvchi – kardiologik, endokrinologik, dermatologik, nevrologik, ginekologik, urologik singari bir qancha yo`nalishdagi xastaligi mavjud bemorlarni dispanser nazoratiga olish va shu asnoda ularni birlamchi tibbiy profilaktika nazoratidan tortib, profilaktikasini to`laqonli o`tkazishga qaratilgan. Uchinchidan esa, ushbu tadbirdamalakali mutaxassislar bilan birga aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rik va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o`tkazishda faolishtirok etayotgan mahalliy shifokorlar bir vaqtning o`zida o`z bilim ko`nikmalari va tajribalarini yanada oshirish imkoniyatiga ham ega bo`lmoqdalar.

Bunday ko`riklarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, aholi o`z hududidan chiqmagan holda respublika darajasidagi sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish imkoniyatidan bahramand bo`lmoqda. Agar bir bemorda bir necha turdagi kasallik mavjud bo`lsa, u ayni yo`nalishdagi tor soha mutaxassislari ishtirokida shu erni o`zida konsiliumi asosida muolaja tayinlanmoqda.

O`tkaziladigan ko`riklarning sifat va samaradorligini ta`minlash maqsadida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar direktorlari, akademiklar, ilmiy-tekshirish institutlari, nufuzli respublika klinik shifoxonalarining etakchi olimlari, tibbiyot fanlari doktorlari va yuqori malakali shifokorlari boshchiligidagi kardiolog, endokrinolog, akusher-ginekolog, dermatovenerolog, pediatr, terapevt, travmatolog, allergolog, xirurg, nevropatolog, oftolmalog singari yigirmaga yaqin tor sohada faoliyat ko`rsatayotgan 100 nafarga yaqin mutaxassislardan iborat guruhlar viloyatning eng chekka hududlardagi pensionerlar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, yolg`iz keksalar, bolalar, fertil yoshidagi ayollarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazmoqda. Ko`riklar davomida mutaxassislar har bir murojaat qiluvchiga alohida e`tibor qaratib, to`shakda yotib qolgan qariyalar va bemorlar holidan xonadonlarga borib xabar olishmoqda. Ko`rik paytida xastaliklar aniqlangudek bo`lsa, har bir bemor uchun maxsus davolash va reabilitasiya rejalari belgilanadi. Jumladan, aholining ambulator sharoitda, tuman, viloyat shifoxonalari hamda respublika davolash-profilaktika muassasalarida o`rnatilgan tartibda sog`lomlashtiriladi.

Hudud aholisiga malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadi tashkil etilayotgan ko`riklar davomida mutaxassislar har bir murojaat qiluvchiga alohida e`tibor qaratib, ularga zarur tavsiya va amaliy yordamlarini ko`rsatishmoqda.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, o`tgan yil davomida Sirdaryo viloyatida 21 ta muassasada (QOP, QVP hamda davolash profilaktika muassaslarida) qurilish-ta`mirlash ishlari nihoyasiga etkazildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida esa sog`liqni saqlash tizimidagi 11 ta muassasada ta`mirlash ishlari amalga oshirildi. Joriy yilda ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 17 ta ob`ektda qurilish-ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun!” shiori ostida o`tkazilayotgan tadbirlar doirasida aholi o`rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlari va muloqotlar ham olib borilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Комментарии

Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...
Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

04.10.2019, 15:49

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)

03.10.2019, 17:44

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.