Му5
50

Eron tomonidan Britaniya bayrog`i ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankeri qo`lga olindi

Dunyo 23.07.2019, 16:24
627
Eron tomonidan Britaniya bayrog`i ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankeri qo`lga olindi

Buyuk Britaniya va Eron munosabatlari neft tankerlarining qo`lga olinishi ortidan tobora keskinlashmoqda. Birlashgan Qirollik hukumati Tehronga nisbatan javob choralarini qo`llamoqchi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

O`tgan juma kuni Ormuz bo`g`ozida Eron tomonidan Britaniya bayrog`i ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankerining qo`lga olinishi rasmiy London va Tehron munosabatlarining sovuqlashuviga sabab bo`lmoqda. Ayni damda Britaniya tankeri Bander- Abbas portida ushlab turilibdi. Bu ikki hafta avval Eron Grace 1 nomli tankerining Gibraltarda qo`lga olinishiga nisbatan javob sifatida ko`rilmoqda. Britaniya mudofaa vaziri Penni Mordont Eronning ushbu harakatlarini zo`ravonlik, deb atadi. Tashqi ishlar vaziri Djeremi Xant esa Tehron harakatlari qonunlarni buzish va beqarorlikni keltirib chiqarishga urinish ma`lum qildi.

Britaniya hukumati Eron harakatlariga nisabatan javob choralarini yaqin vaqt ichida e`lon qilishini bildirdi. Hozirda mamlakat barcha kemalariga Ormuz bo`g`oziga kirmaslikni tavsiya etgan. Eron tashqi ishlar vaziri Javdad Zarif Gibraltar bo`g`ozidagi qaroqchilikdan farqli ravishda Fors ko`rfazida Britaniya tankerini qo`lga olinishini qonuniy harakat, deya e`tirof etdi. Bizning mamlakatimiz har qanday dushmanlik harakatlariga qarshi munosib javob qaytaradi, deb ta`kidladi vazir.

Шарҳлар