Му5
50

Prezident Administrasiyasi mas`ullari ishtirokida qabullari davom etmoqda

Jamiyat 24.07.2019, 09:32
373
Prezident Administrasiyasi mas`ullari ishtirokida qabullari davom etmoqda

Javobsiz savol, echimi bo`lmagan muammoning o`zi yo`q. Faqat ularning ich-ichiga kirib o`rganish, amalda hal qilish choralarini topish kifoya.Prezidentimizning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi Piskent tumanidagi “Yoshlar bog`i”da tashkil qilgan ommaviy qabul ham hayotning ayni shu o`tkir talabidan kelib chiqqan holda aniq savollariga aniq javob olishni, shikoyatiga real echim topilishini so`rayotgan odamlar dardi tinglangdi. Bu ularning o`z muammosi yuzasidan mutasaddilar bilan yuzma yuz, ko`zga tik qarab gaplashib olish uchun yana bir samarali muloqot maydoni bo`ldi.

Prezident Administrasiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mas`ul xodimlari, Toshkent viloyatidagi sektorlar rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot mutasaddilari murojaatchilarning ariza, shikoyat va takliflarini qabul qilib, ularning muammolariga echim izladi.

Ohangaronlik Nargiza Sulaymonova o`zi yashayotgan “Taraqqiyot” mahallasi yo`llari ta`mirtalabligidan shikoyat qildi. Aytilishicha, o`tgan yili bu ishlar boshlanib, so`ng chala qolgan. Hudud aholisi shu ishlarga ko`maklashish uchun 2018 yili 170 ming so`mdan pul yig`ib bergan, bu yil ham yo`l ta`miri aholi gardaniga tushmoqda. Murojaatdan so`ng, ayni hududning yo`llari homiy tomonidan ta`mirlanib beriladigan bo`ldi.

Xurshida Rustamova Olmaliq shahrida ijarada yashaydi. 1992 yilda tug`ilgan katta o`g`li G`anisher Baxtiyorov 2-guruh nogironi. Bu ayol ham ommaviy qabulda o`g`lini davolatishga yordam so`rab keldi. Shu erning o`zidauning muammolari o`rganilib, hal qilinadigan bo`ldi.

Piskentlik Dilafro`z Abdunazarova ham ommaviy qabulga turmush o`rtog`ining dardiga darmon istab keldi. Gap shundaki, uning eri suyak emirilishidan aziyat chekmoqda O`zi, ro`zg`ori tang oila buning uchun mablag` topa olmayapti. Ommaviy qabuldagi murojaatidan so`ng Dilafro`z opaning muammosi hal qilinadigan bo`ldi.

70 yoshdan oshgan pskentlik Zoirjon ota 2-guruh nogironi. Dard degani yosh tanlabo`tirmaydi. Umr o`tgan sayin ko`z nuri ketib xastalanayotgan otaxonga ham Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi ko`z kasalliklari shifoxonasiga yo`llanma ajratadigan bo`ldi.

Chinozlik Shoira Ashurovaning kichik o`g`li Yangiyo`l tumani qishloq xo`jaligi kasb hunar kollejini tamomlagan, harbiy xizmatni o`tab kelgan. Ammo, hamon ishsiz. Ommaviy qabuldagi murojaatidan so`ng Shoira opaning mushkuli oson bo`ldi.

Bo`kalik Baxtiyor Alievga o`tgan yili Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasiga murojaatidan so`ng “Chovlisoy” mahallasidan 5 xonaliuy ajratib berilgan, ro`zg`orni butlashi uchun 1 ta qoramol ham berilgan edi. Og`ir dard bilan kurashayotgan Baxtiyor aka endi nogironlikni belgilash masalasida amaliy yordam so`radi. Viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqamasi bu masalani o`rganib chiqadigan bo`ldi.

Yuzma-yuz, ochiq va oshkora muloqotlar yakunida jami kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatning 64 tasi joyida hal etildi, qo`shimcha o`rganish talab etiladigan 189 ta murojaatning ko`rib chiqilishi nazoratga olindi, 51 ta murojaat bo`yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Prezident Xalq qabulxonalari tashkil qilayotgan ommaviy qabullarda hal bo`layotgan har bir muammo zamirida bir necha oilaning quvonchi, halovati, hayotdan roziligi mujassam. Aslida ham xalq bilan muloqot tizimidan – oddiy odamlar qalbiga quloq solish, ularning dard-tashvishlarini astoydil tinglash, muammolarini hal etishda amaliy yordam berish, qisqa aytganda, davlat idoralarining xalq talab va istaklari asosida ishlashiga erishishdan ko`zlangan maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, ularning armonlarini ushaltirish, orzularini ro`yobga chiqarish. Adolatning esa katta-kichigi bo`lmaydi.

Шарҳлар