42

Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi?

Salomatlik 30.07.2019, 10:26
1648
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi?

Yoz oqshomlari xona haddan tashqari issiq va dim bo`lganida ko`pchilik uxlashga qiynaladi. Uyda kondisioner bo`lmasa, ventilyator joningizga oro kiradi. Tunda xona harorati pasaymasa, uyqu buzilishi turgan gap. O`shanda darrov ventilyatorni yoqamiz, garchi u xona havosini sovitmasa-da, tanaga yoqimli shabada yuborib turadi. Shunga qaramay, bu matohdan kechasi foydalanmagan ma`qul. Nima uchun?

Ventilyator allergiklarga to`g`ri kelmaydi

Gap shundaki, ventilyator nafaqat xonadagi havoni, balki unda uchib yurgan chang va zarralarni ham haydaydi. Allergik rinit yoki nafas yo`llari muammosidan qiynalayotgan odamlar uchun bu nihoyatda xatarli. Ozgina shamol tanangizga siz o`ylagandan ko`ra ko`proq zarar etkazishi mumkin.

Voy, boshimlab qolmang!

Bilasizmi, hatto sog`lom odam ventilyator yoqilgan xonada uxlab qolsa ham, turli noxush oqibatlar kuzatilishi mumkin ekan. Birinchidan, bir necha soat davomida tinimsiz shamollatish terini quritadi. Natijada u po`st tashlay boshlaydi.

Ikkinchidan, uxlaganda og`iz va ko`zlar to`liq yopilmasa, ertasiga tongda achishish bezovta qiladi.

Uchinchidan, uyg`onganda boshingiz og`risa yoki mushaklaringiz uvushib qolsa, hamma aybni ventilyatordan ko`ravering.

Комментарии