Му5
50

"Yaqinlarim meni yangi ismim bilan chaqirishadi"

Shou-biznes 02.08.2019, 14:47
Теглар: Foto, Nilufar Usmonova
7043
"Yaqinlarim meni yangi ismim bilan  chaqirishadi"

Nilufar Usmonova ismini o`zgartirganidan xabaringiz bor. U “Darakchi” gazetasi jurnalisti Aliya Sulaymanova bilan suhbatda aynan mana shu mavzuga yana to`xtalib o`tdi.

— O`zingiz yaxshi bilasiz, Payg`ambarimizning ayollarini ismi Oisha. Nilufar esa shunchaki gulning nomi. Men esa o`zimga ko`proq ma`no va xislatga ega ism qo`yishni istadim. Aisha, deb chaqirishsa menga juda yoqadi. Yana bir ma`lumotni aytib o`tmoqchiman, ismimni o`zgartirganimga ancha bo`ldi. U payt qizlarim tug`ilmagan edi. Agar ular bo`lganida albatta, o`zimga emas, ularning biriga Aisha ismini qo`yyardim.

— Demak, Nilufar endi tahallus...

— To`g`ri, lekin hozircha hujjatlarimni o`zgartirganim yo`q. Bundan tashqari, odamlar ham meni Nilufar, deb chaqirishga odatlanishgan, ularni ham qiynab qo`yish niyatim yo`q. Ammo yaqinlarim yangi ismim bilan menga murojaat etishmoqda.

Шарҳлар

II O`zbek-Belarus yoshlar IT forumida qanday mavzular ko`tariladi?

20.11.2019, 16:27

2018 yilning 15 dekabr kun Belorussiya Respublika yoshlar ittifoqi (BRYoI) va O`zbekiston yoshlar ittifoqi o`rtasida hamkorlik to`g`risida mumorandum imzolangandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – Belarus...
Janubiy Koreyada vatandoshlarimiz O`zbekistoning turizm salohiyatini targ`ib etishdi

30.10.2019, 11:48

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida O`zbekistoning madaniyati, san`ati va turizm salohiyatini targ`ib etishdi.  Tadbirda o`zbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari...
Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...